Dior yangi taqinchoqlar yaralish jarayonini namoyish etdi
Zargarlik buyumlari Galons Dior toʻplamida taqdim etilgan
Dior moda uyi Galons Dior da namoyish etilgan yangicha zargarlik buyumlari toʻplamining yaralish jarayonini taqdim etdi. Video tasvirda Dior Haute Joaillerie toʻplamining yaralish jarayonidagi barcha bosqichlarni: dastlabki eskizlardan tortib to buyumlarning yakuniy yig‘ilishigacha koʻrish mumkin.
Yangi taqinchoqlar pushti va sariq oltindan tayyorlangan bo‘lib, brilliantga biriktirilgan. Toʻplam Victor de Castellan tomonidan ishlab chiqilgan. Videoni Peter Stoklosa tasvirga olgan.