Diptyque attorlik uyi
60-yillar jaz klubi sharafiga ko‘rgazma

15-maygacha Diptyque attorlik uyining Parij innovatsion do‘konlarida 60-yillarning Parij jaz-klubi “Orfenon”ga bag‘ishlangan g‘aroyib ko‘rgazmasini tomosha qilish mumkin.
Do‘konlarda haqiqiy puflama cholg‘u asboblari o‘rnatilib, ular yordamida brend atirlarini yangicha his etish imkoniyati yaratilgan. Buni qanday amalga oshirish mumkinligini tashrif buyuruvchilar ko‘rgazmaning o‘zida bilib olishadi.