Dirty Looks – Barbican‘da
Moda va nopoklik ko‘rgazmasi

2005-yilning 25-sentyabridan 2026-yilning 25-yanvariga qadar Barbican Art Gallery art maydonida moda olamidagi nopoklik, parchalanish va barqarorlik mavzusiga bag‘ishlangan Dirty Looks ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Unda 60 dan ortiq dizaynerlarning, jumladan Vivienne Westwood, John Galliano, Hussein Chalayan, Rick Owens, Comme des Garçons, Helmut Lang va Marine Serre kabi ustalarning ishlari namoyish etiladi.
Ko‘rgazma dizaynerlarning qanday qilib o‘lik matolar va tabiiy bo‘yoqlardan tortib yog‘och va tuproqqacha bo‘lgan g‘ayrioddiy materiallardan foydalanib, qayta tiklash, tabiat bilan bog‘lanish g‘oyalarini ifodalashlari va moda jurnallari joriy etayotgan standartlarni tanqid qilishlarini tadqiq etadi.
Kurator Karen Van Godtsenhovenning ta’kidlashicha, ko‘rgazma modaga barqarorlik va badiiy tajriba nuqtayi nazaridan yondashadi.