Diyora Keldiyerova bilan dasxat-sessiyasi

Olimpiya chempioni muxlislar bilan uchrashdi

6-fevral kuni ELLE O‘zbekistonning o‘zbek tilidagi ikkinchi muqovasi qahramoni, Olimpiya chempioni Diyora Keldiyerova bilan dasxat-sessiyasi o‘tkazildi.

Jurnalning ikkinchi sonida Diyora bilan suhbatni o‘qishingiz mumkin, unda u o‘z karyerasining rivojlanishi, kelajak rejalari va sportchi sifatida g‘alabaga qanday erishgani haqida so‘zlaydi.

Tadbir Teplo Store mahalliy brendlar makonida bo‘lib o‘tdi. Mehmondorchilik ELLE O‘zbekistonning hamkori bo‘lgan Bon fransuz qahvaxonalari tarmog‘i tomonidan ta’minlandi.

Foto: Tatyana Soldatova

Maqolani baham ko'ring

Related articles