Don‘t Be Shy: Kilian Paris‘ning Toshkentdagi ziyofati qanday o‘tdi
Parij uslubida maftun etish san’ati

В
18-sentyabr oqshomida Toshkent Parij hashamati va yarqiroq erkinlik muhitiga cho‘mdi: 12 restorani Kilian Paris va Parfum Gallery Begim hamkorligidagi ziyofatga mezbonlik qildi. Brend do‘stlari, blogerlar va ommaviy axborot vositalari vakillari The Liquors iforlar to‘plamini nishonlash uchun “Don‘t Be Shy” shiori ostida to‘planishdi.
Restoran bir kechaga qoidalarsiz maydonga aylandi: yorqin Don‘t Be Shy foto hududi, mashhur Angels‘ Share kompozitsiyasiga ishora qiluvchi eman bochkalaridan yasalgan installyatsiya va afsonaviy atirlarga bag‘ishlangan mualliflik kokteyllari yig‘ilganlarni mamnun etdi. Roses On Ice yengil ifori deysizmi yoki Fievre Verte atiriing o‘ziga rom etuvchi absent akkordi deysizmi, har bir ichimlik parfyumeriya san’atiga bitilgan kichik madhiyadek yangradi.
Kilian Paris olami
2007-yilda Kilian Hennessy tomonidan asos solingan Kilian Paris brendi ilk to‘plamlaridanoq yorug‘likdan zulmatga, nafs balosidan poklikka qadar bo‘lgan tushunchalarni qamrab olib o‘zini ziddiyatlar ustasi sifatida namoyon etdi. Bugun brend olami 5 toifaga bo‘linadi, bular: “Yengil”, “Maftun etuvchi”, “Konyak”, “Dud isili” va “Kokteyllar”. Aynan “Kokteyllar” turkumi iforlari Toshkent kechasining bosh qahramoniga aylandi.
Kilian Paris Don‘t Be Shy kechasida ozodlik, yengillik va lazzatdan iborat kayfiyat hukmron bo‘ldi. Xushbo‘y iforlar hikoya kabi tarqalib, mehmonlarning qalbida yoqimli iz qoldirdi.