Donatella Versache
International Woolmark Prize 2025 hakamlar hay’ati

Donatella Versache Versace uyining yuzi sifatid, nufuzli International Woolmark Prize 2025 hakamlar hay’ati raisi sifatida yangi muhim vazifani o‘z zimmasiga olmoqda.
Taqdirlash marosimi 2-aprel kuni Milanda bo‘lib o‘tadi. Unda Versache hakamlar hay’atining boshqa a’zolari bilan birga sakkiz nafar finalchi orasidan g‘olibni aniqlaydi.
Finalga yetib kelgan ishtirokchilar, jumladan Dyuran Lantink va Rahul Lopes kabi dizaynerlar merinos junining innovatsion va ekologik xususiyatlarini aks ettiruvchi kolleksiyalar yaratadi. G‘olib 300 ming Avstraliya dollari miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo‘ladi.
Asosiy mukofotdan tashqari, yana ikkita qo‘shimcha mukofot topshiriladi: jundan foydalanishdagi innovatsiyalar uchun Karl Lagerfeld Award for Innovation hamda barqaror rivojlanishdagi yetakchilik uchun Supply Chain Award.