Drybrushing – nima uchun uni mashhurlar yaxshi ko‘rishadi?
Quruq cho‘tka bilan massaj – to‘g‘ri bajarish yo‘llari va natija qanday bo‘ladi
Draybrashing – bu qo‘shimcha kosmetik vositalarni ishlatmasdan tanani quruq cho‘tka yordamida massaj qilishdir. Muolajani ko‘pgina yulduzlar yaxshi ko‘rishadi: Gvinet Peltrou, Miranda Kerr va Sindi Krouford intervyu berayotganida ushbu muolaja yordamida go‘zalligini saqlab qolayotgani haqida ko‘p gapirishadi. Bu uslub yangi emas – ildizlari bilan ko‘p asrlar osha ayurvedik tibbiyotga borib taqaladi. O‘shanda ipak qo‘lqoplar yoki uzun dastali cho‘tka yordamida anʼanaviy tarzda garshana o‘tkazilgan – yaʼni, toksinlarni organizmdan chiqaruvchi va limfa tizimlarini tozalaydigan quruq massaj. Bundan tashqari, draybrashing grek va yapon madaniyatlarida tana go‘zalligi va salomatligini taʼminlovchi asosiy usullardan biri sifatida mashhur bo‘lgan.
Tanani cho‘tka yordamida massaj qilish mashhurlar jamiyati va ijtimoiy tarmoqlarda bugun mashhurlik cho‘qqisida, organizmni sog‘lomlashtirish va go‘zallikni saqlash uchun faol ishlatiladi. Yengil limfodrenajdan tortib piling samarasi va sellyulitdan xalos bo‘lishgacha – cho‘tkadan foydalanish organizmga shubhasiz foyda olib keladi. Xizmatni SPA-salonda buyurtma qilish mumkin, ammo biz ushbu murakkab bo‘lmagan muolajani uyda mustaqil takrolash usullari haqida so‘zlab beramiz.
Draybrashing qanday taʼsir qiladi?
Quruq cho‘tkada limfodrenaj massaji tanani tonusda ushlashga qodir, qon aylanishini faollashtiradi va terini yangilab, tetiklashtiradi. Muolaja limfotizim ishini yaxshilaydi va shishlarni yo‘qotadi. Draybrashing o‘lgan qavatlarni ko‘chirib tushirishga, teshiklarni ochishga, mikrorelyefni tekislashga, sellyulitni kamaytirishga ko‘maklashadi, tuklarning o‘sib chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Natija – teri silliqligi, yarqirash, taranglik.
- Unsplash, Diana Light
Quruq cho‘tkali massaj kimlarga to‘g‘ri kelmaydi?
Draybrashing skrablar va dushda cho‘tka bilan massajga (vetbrashing) qaraganda sezilarli darajada samara beradi. Ammo sezgir teri sohibalari ikkinchi yoki uchinchi usulni tanlagani maʼqul. Muolaja har qanday dermatologik kasalliklarda, quyoshda kuyishda, venalarning varikoz kengayishi, teri qichishishi yoki shikastlanishida to‘g‘ri kelmaydi.
Qanday qilib to‘g‘ri cho‘tkani tanlash mumkin?
Tabiiy tukli (kaktus, palma yoki to‘ng‘iz tuklari) taxtali yoki sintetik (toshmalar toshishi xavfini kamaytiradi, chunki bakteriyalar xavfi kamroq) mahsulotni tanlang.
Mahsulot shakli asosiy o‘rin tutmaydi (asosiysi, ushlashga qulay bo‘lsin), cho‘tka qattiqligiga esa eʼtibor berish kerak. Teringiz qanchalik sezgir bo‘lsa, shunchalik yumshoq va ingichka tuklisini tanlash lozim.
Har bir foydalanishdan keyin cho‘tkani sovun bilan iliq suvda yuving. To‘g‘ri foydalanilsa, ko‘p yillar xizmat qilishi mumkin.
- Unsplash, Sun Studio Creative
Muolajani qanday bajarish kerak?
Teri quruq, losyon yoki moy surtilmagan bo‘lishi kerak. Ammo masalan, Miranda Kerr muolajadan oldin “quruq moy” surtadi, bu cho‘tka tuklariga nozik teri ustida sirg‘alib, jarohatlanishiga bermaydi.
Oyoq tovonlaridan tepaga qarab boshlang, harakatlar tana markaziga qarab yo‘naltirilishi kerak. Xuddi shunday qo‘l massajida ham – qo‘l kaftlaridan tepaga qarab.
Tekis tezkor harakat qiling, terini ishqalamang, aylanma va bo‘ylama harakatlarni ketma-ket bajaring. Yo‘nalish – yurak tomonga harakatlaning, tuklar o‘sishiga qarama-qarshi, bu limfa aylanishi faollashuviga olib keladi. Agar teri yengil qizarsa va biroz sanchilsa – qo‘rqinchli joyi yo‘q, achishish va yaqqol noqulaylik bo‘lishi kerak emas.
Sezgir sohalarda (bikini, qorin, qo‘ltiq osti) cho‘tka bosimini kamaytiring, dekolte va ko‘krak sohasini massaj qilishning hojati yo‘q, chunki terisi yupqa.
Teridagi ko‘chgan o‘lik hujayralarni tozalashga dush yordam beradi, so‘ngra namlik o‘rnini to‘ldirish uchun sovun, tana uchun krem yoki antitsellyulit vositasidan foydalaning. Piling va qon aylanishi faollashuvi tufayli muolajadan keyin ular yaxshi singadi va tezroq taʼsir qiladi.
Kosmetologlar fikricha, haftada bir marta muolajani o‘tkazish yetarli. Bunga 5-10 daqiqa ajrating va bir oy o‘tib natijani sezasiz.