Dusk till dawn

Go‘zallik oqshomdan tonggacha davom etadi

18 Sen 2024

Oqshom uchun pardoz – to shomdan tong yorishgunga qadar – bu sizga o‘ziga xoslik va ishonch bag‘ishlaydigan yorqin, mohirona tanlangan ranglar tantanasidir. Har bir obrazdagi modellarning chehrasida biz o‘ziga xos uslub va zamonaviylik yaratgan yorqinlik hamda to‘yingan ranglar jilosiga guvoh bo‘lamiz. 

1-obraz

Yorqinlik barcha kamchiliklarni yashiradigan DIOR Backstage Concealer tufayli bir tekis, mukammal teri rangidan mazkur obrazni boshlaymiz. “Pink” va “Coral” rangidagi DIOR Rosy Glow Blush bilan yonoqlarga porloq tus baxsh etish, DIOR Forever Couture Luminizer Highlighter Powder turkumidagi “Pink Glow” rangi bilan esa yengil, ammo sezilarli yorqinlik taqdim etish mumkin. Obrazimizni lablar bilan yakunlaymiz, DIOR Addict Lip Glow`ning  “Pink” va “Coral” ranglari ularga tabiiylik, shu bilan birga ifodali tus bag‘ishlaydi.

2-obraz

Viqorli va nafis obraz yaratish uchun yonoqlarga HOURGLASS Ambient Lighting Blush`ning “Sublime Flush” rangini suramiz, u teriga yengil porlash bag‘ishlaydi. Nigohlar chuqur va ifodali ko‘rinishi uchun DIOR Diorshow Iconic Overcurl Mascara yordamga keladi. NARS Afterglow Sensual Shine Hydrating Lipstick lab bo‘yog‘ining “Dolce Vita” rangi dudoqlarga iliqlik va o‘ziga tortuvchi jozibadorlikni aks ettiradi.  

3-obraz

Mazkur obraz soflik va tabiiylikni ifodalaydi. Teri DIOR Backstage Glow Face Palette tufayli yaltiraydi, sog‘lom va parvarishlangan ko‘rinish beradi. Ko‘zlar BAKEUP BEAUTY Micro Palm Palette`ning “Pastels” nafis rangidan ayollikka xos nafosat va yumshoq ifoda bilan porlaydi. Lablarni esa LISA ELDRIDGE Luxuriously Lucent Lip Colour`ning “Rose Official” rangi bilan bo‘yab, ularga tabiiy viqor va nozik ifoda beramiz.

 

4-5-obrazlar

Bu obrazlar qudrat va qat’iyat bag‘ishlaydi. Nigohlar ABOUT-FACE Matte Fluid Eye Paint`ning “Marigold” hamda TOM FORD Eye Color Quad`ning “Nude Dip” yorqin rangi tufayli yanada e’tiborni tortadi. Qoshlarni GLOSSIER Boy Brow`ning “Blonde” rangi bilan bo‘yaymiz, natijada yuz tabiiy va tartibli ko‘rinish oladi. Lablarga bo‘lsa, CHARLOTTE TILBURY Collagen Lip Bath`ning “Pillow Talk” rangini surish orqali ularga yoqimli va jozibali tus beramiz.  

6-obraz

Bu obraz  yorqinlik va jasoratga boy. Ko‘zlar ABOUT-FACE Matte Fluid Eye Paint`ning “Marigold”, “La Zona Rosa” va “Morning Glory” ranglaridan porlaydi, bu ularga kuchli va yodda qolarli ifoda bag‘ishlaydi. Lablar va ko‘zlar LEMONHEAD LA SpaceCase Pro Palette tufayli yorqin, qamashtiruvchi va e’tibor tortuvchi kuchga aylanadi.

7-8-obrazlar

Yorqinlik va porlash bu obrazning asosiga aylangan. Nigohlar DANESSA MYRICKS ColorFix Glaze`ning tong shabnami kabi tovlanuvchi “Clear” rangi bilan jilolangan. Lablar bo‘lsa,  DANESSA MYRICKS Infinite Chrome Flakes`ning “Super Star” yorqin rangi bilan jasoratli, ultrazamonaviy ifodani aks ettiradi.

9-obraz

Yorqinlik va tiniq hislar oqimi bu obrazning asosiy nuqtasidir. Ko‘zlar porloq va to‘yingan  VISEART Editorial Brights Palette hamda yumshoq pastel tusli BAKEUP BEAUTY Micro Palm Palette`ning “Pastels” rangi bilan bo‘yalgan. Obrazni CHARLOTTE TILBURY Matte Revolution Lipstick`ning “Pillow Talk” lab bo‘yog‘i bilan yakunlaymiz, bu butun obrazni yuqori notaga olib chiqadi.

Photographer: Adam Mayer
Model: Erin Zielke, Select Model Management
MUAH: Leanna Ernest, Distinct Artists
Retoucher: Maria Konishevska

 

 

Maqolani baham ko'ring

Related articles