Eko Ritm festivali
Musiqa va ekologik kun tartibining uyg‘unlashuvi

“Moviy gumbazlar” bog‘ida Eko Ritm festivali o‘tkaziladi. Tadbir davomida mehmonlar ekologik faoliyatlar, barqaror brendlar yarmarkasi, “Krilya Origami” guruhining konserti va Josef Tumarining DJ-setidan bahramand bo‘ladilar.
Tadbirga kirish uchun ikkinchi hayot berish mumkin bo‘lgan narsalar qabul qilinadi: bo‘sh plastik idishlar, yaxshi holatdagi kiyimlar, o‘yinchoqlar, ishlatilgan batareyalar va qog‘oz chiqindilar. Shuningdek, daraxt ekish uchun xayriya qilish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.
Festival Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Global ekologik jamg‘armaning Kichik grantlar dasturi ko‘magida tashkil etilmoqda.