Elsa Hosk “ha” dedi
Model Tom Daly bilan unashtirildi

Model Elsa Hosk 10 yildan beri munosabatda bo‘lgan Tom Daly bilan unashtirilganini tasdiqladi. U Instagramda uzuk suratini joylashtirib, "I said yessss 💍 in a Swedish wildflower garden, in our new apartment in the city we met (Men shved yovvoyi gullar bog‘ida, biz uchrashgan shahardagi yangi xonadonimizda “ha” dedim) 💍" degan izoh qoldirdi. Turmushga chiqish taklifi Elsaga Shvetsiyada, ularning juftlik sifatidagi tarixlari boshlangan shaharda, yangi uylaridagi dala gullari o‘sgan bog‘da berildi. Ushbu e’lon muxlislar va hamkasblari orasida tabriklar to‘lqinini keltirib chiqardi.
Hosk va Daly 2021-yilda tug‘ilgan qizlari Tuulieni tarbiyalamoqda. Juftlik shaxsiy hayotlarini kamdan-kam oshkor qilgani uchun, bu yangilik muxlislarni ayniqsa hayajonga soldi.