Eng yuqori samaradorlik

Ish mahsuldorligini oshirish uchun 5 ta maslahat

Fotо: Unsplash

Har birimiz kun davomida imkon qadar ko‘proq narsani bajarishga intilamiz, lekin ko‘pincha chalg‘ituvchi omillar va vaqt yetishmasligiga duch kelamiz. Samaradorlikni oshirish deganda doimo to‘g‘ri odatlarning natijalari nazarda tutiladi. Qanday qilib o‘z vaqtingiz va kuchingizni boshqarishingiz va bajarilgan ishdan qoniqish  hissini tuyishingiz mumkin? 

Maqsadlar va birlamchi vazifalarni belgilang

O‘z maqsadlaringizni belgilab oling va ularni kichik vazifalarga ajrating. Xohlasangiz, ma’lum bir vazifalarni bajarish vaqtini belgilashingiz mumkin bo‘lgan harakatlar rejasini tuzing. Ishdagi unumni  oshirish uchun ularni muhim / ahamiyatsiz va shoshilinch / shoshilinch bo‘lmaganlarga ajrating. Bajarilgan ishlarni albatta belgilab qo‘ying va  rivojlanishni  kuzatib boring.  

Chalg‘ituvchi omillarni kamaytiring 

Telefon va kompyuteringizga kelib turadigan bildirishnomalarni o‘chirib qo‘ying. Shuningdek, elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlarni tekshirish uchun aniq bir vaqtni ham belgilash mumkin. Bundan tashqari, bir vaqtda faqat bitta vazifaga diqqatni jamlashga harakat qiling: ko‘pvazifalilik diqqatni jamlash va samaradorlikni pasaytiradi.

Fotо: Pexels

Ishni boshqalar bilan bo‘lishing 

Agar sizning bevosita ishtirokingizni talab qilmaydigan vazifalar mavjud bo‘lsa, ularni boshqa birovga topshiring. Shuningdek, kundalik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun ilovalardan foydalaning. Masalan, vazifalarni rejalashtirish, eslatmalar va avtomatik javoblar. "Yo‘q" deyishni o‘rganish ham muhim: zimmangizga qo‘shimcha mas’uliyatlarni yuklamang. 

Quvvat darajangizga e‘tibor bering 

O‘z mahsuldorligingizning eng yuqori cho‘qqilarini – sizda eng ko‘p energiya bo‘ladigan vaqtni aniqlang. Muhim va murakkab vazifalarni shu vaqtga rejalashtiring. Ovqatlanishingiz va uyqungiz sifatiga e’tibor bering, jismoniy faoliyatga vaqt ajrating. Shu yo‘l bilan  siz, albatta, optimal quvvat darajasini saqlab qolishingiz mumkin.

Dam olishga vaqt ajrating 

Vazifalarni basharish oralig‘ida doimiy ravishda qisqa tanaffuslar qiling. Bu miyangizni qayta ishga tushirishga va ish sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ish kunidan keyin sevimli mashg‘ulotlarga va to‘laqonli dam olishga vaqt ajratish ham muhimdir.

Vaqti-vaqti bilan mahsuldorligingizni baholab boring, o‘sishni kuzating va ish jarayonlaringizga tuzatish kiriting. Bu sizga aynan siz uchun nima foydali ekanligini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ushbu usullarni kundalik hayotingizga tatbiq etish – ishingiz unumini oshirishga va vaqtingizni yanada samaraliroq boshqarishga yordam beradi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles