Farrell Uilyams Fransiyaning Faxriy legion ritsarlik ordeniga sazovor bo‘ldi

Musiqa va dizayndagi ulkan xizmatlari uchun berilgan mukofot

Foto: instagram / pharrell

Farrell Uilyams o‘zining musiqadagi muvaffaqiyatlari, prodyuserlik faoliyati hamda Louis Vuitton erkaklar liniyasining ijodiy rahbari sifatida mashhur. Farrell Faxriy legion ordeni kavaleriga aylangani ma’lum bo‘ldi. Bu Fransiyaning eng oliy davlat mukofoti bo‘lib, u madaniyat, san’at va ijtimoiy hayotga qo‘shgan ulkan hissasi uchun e’tirof etiladi.

Marosim 13-iyul kuni – Bastiliya kunidan bir kun oldin o‘tkazildi. Uilyams o‘zining ijodiy faoliyati va fransuz moda brendlari bilan uzoq yillik hamkorligi uchun mukofotga sazovor bo‘ldi. U 2023-yildan boshlab Lui Vuittonda asosiy rol o‘ynab, moda va zamonaviy dizayn rivojiga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Maqolani baham ko'ring

Related articles