Fashion Bureau O‘zbekistonda: hashamatli tadbirlarning yangi me’yori
Jahon moda uylari va zargarlik brendlari bilan hamkorlik qiladigan agentlik tadbirlar sohasiga estetika va innovatsiyalarni olib kirmoqda

Tadbirlarni tashkil etish sohasidagi nufuzli agentlik – Fashion Bureau O‘zbekiston bozoriga kirib kelganini e’lon qildi. Markaziy Osiyodagi luxury-sanoatning yetakchi vakili sifatida u estetika, innovatsiyalar va benuqson xizmatni uyg‘unlashtirgan holda yuqori darajadagi tadbir san’ati me’yorlarini shakllantirib kelmoqda.
Agentlik asoschisi Saken Jaksibayev tomonidan tashkil etilgan 800 dan ortiq eksklyuziv tadbirlar davomida Fashion Bureau o‘zini jahon moda uylari va zargarlik brendlarining ishonchli hamkori sifatida namoyon etdi. Cartier, Van Cleef & Arpels, Bulgari, Chopard va boshqa ko‘plab brendlar agentlikka nafislik va noziklik namunasiga aylanadigan tadbirlarni yaratishni ishonib topshirmoqdalar.

FOTO: Fashion Bureau AXBOROT XIZMATI
Ko‘rgazmalar, taqdimotlar, san’at ko‘rgazmalari va yopiq qabullarni tashkil etishga ixtisoslashgan Fashion Bureau brendlarning auditoriya bilan muloqotini innovatsion yangi bosqichga olib chiqmoqda. Har bir tadbir eng mayda tafsilotlargacha puxta o‘ylangan: g‘oyadan tortib vizual va emotsional ta’sirgacha.

FOTO: Fashion Bureau AXBOROT XIZMATI
Fashion Bureau’ning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi luxury-sanoati rivojlanishining yangi bosqichini belgilab, xalqaro va mahalliy brendlarga jahon standartlariga mos keladigan tarzda o‘zlarini namoyon etish imkoniyatini yaratmoqda.

FOTO: Fashion Bureau AXBOROT XIZMATI