Ferragamo Milanda ko‘rgazma ochdi
“3 Days in Florence” ko‘rgazmasi Portrait Milano mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi
Italiyaning Ferragamo modalar uyi Portrait Milano mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan “3 Days in Florence” ko‘rgazmasining ochilishini e’lon qildi. Brend, shuningdek, ochilish marosimiga tayyorgarlik jarayonlari aks etgan videoni ham ulashdi.
Ekspozitsiyada 2024-yil kuz mavsumi reklama jarayonlarini suratga olgan Juergen Teller’ning suratlari namoyish etiladi. Brendning vatani Florensiya bo‘lganligi sababli, fotoreportajda kutyurye Salvatore Ferragamo yaxshi ko‘rgan barcha joylar aks ettirilgan.
“3 Days in Florence” ko‘rgazmasini tomosha qilish uchun 23-sentyabrdan 5-oktyabrgacha Milanga tashrif buyurish mumkin.