Markaziy Osiyoda Fransuz premyeralari festivali
Prokatga chiqmagan filmlar

29-sentyabrdan 5-oktyabrgacha O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda Fransuz premyeralari festivali o‘tkaziladi. Ikkinchi bor o‘tkazilayotgan tadbir doirasida tomoshabinlar ilgari mintaqaviy prokatda namoyish etilmagan filmlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Dasturga yangi festival lentalari, oilaviy animatsion filmlar, hujjatli hikoyalar va klassik asarlar kiritilgan. Festivalning ochilish marosimida "Fransua Tryuffo: Hayotim ssenariysi" (2024) filmi namoyish etiladi, uni shaxsan rejissyor David Teboul taqdim etadi.
Tashkilotchilar — Tashkent Film School, Fransiyaning O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi elchixonalari, Fransiya instituti hamda O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi.