Flakondagi quyosh: avtoquyoshda toblanish tomchilari haqida – javonlaringizga munosib yangi go‘zallik vositasi

Teringiz uchun ko‘proq quyosh

09 Iyun 2025
freepik

Dengizga borolmasangiz, qanday qilib qorayish mumkin? Hammasi oddiy. Go‘zallik sanoati ta’tildan keyin qoraygandek teringizga bronza tus beruvchi noyob vositani kashf etdi. Buning ustiga, xavfli ultrabinafsha nurlanish va solyariy zararidan xavotirlanishingiz shart emas. Bu muammoning yechimi – quyoshda toblanish tomchilari bo‘lib, ular yordamida yengil nurlanishdan to shokolad rangigacha istalgan tusni tanlashingiz mumkin. ELLE O‘zbekiston bilan birgalikda self-tan drops’ni o‘ziga xos qiladigan xususiyatlar, ulardan to‘g‘ri foydalanish usullari va e’tiborga loyiq mahsulotlarni ko‘rib chiqamiz.

instagram \ @tan_luxe

G‘oya oddiy va ajoyib:  quyoshda toblanish tomchilari – krem, losyon yoki zardobga qo‘shiladigan universal vosita bo‘lib, tarkibidagi DHA tufayli bunday aralashma terining tabiiy qorayishiga olib keladi. Endi avtoquyoshdan qolgan kiyimdagi qora dog‘lar bilan qiynalishingiz shart emas, chunki bu konsentrat yil bo‘yi quyosh o‘rnini bosishi mumkin. Go‘zallik sohasida toblangan teriga erishishning ko‘plab usullari mavjud, ammo bu – eng samarali va sifatlisi. U sekin-asta ta’sir ko‘rsatadi, terini yumshoq qoraytiradi va rangning intensivligini o‘zingiz tanlash imkonini beradi.

instagram \ @theisleofparadise

Qorayish effekti bilan namlash: eng yaxshi natijaga erishish uchun terini to‘g‘ri tayyorlash kifoya. Avvalo terining o‘lik hujayralari qatlamini yo‘qotish uchun skrab yoki ferment kukuni ishlatilishi lozim. Shundan so‘ng quruq va toza teriga massaj harakatlari bilan bir necha tomchi qo‘shilgan sevimli kremingizni surting. Ushbu muolajani kechqurun, uyqudan oldin bajarish tavsiya etiladi – bu vositaning yaxshiroq singishi va terida mustahkamlanishiga yordam beradi. Ta’siri bir necha soatdan so‘ng namoyon bo‘ladi va 7 kungacha saqlanib qoladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles