Frenk Oushen Homer zargarlik brendini qayta tikladi

Ikkita do‘kon ochilishi va yangi kolleksiya

Foto: instagram / homer

Frenk Oushen Homer zargarlik brendini qayta tikladi hamda London va Los-Anjelesda ikkita yangi do‘kon ochdi. Brend 2021-yilda faoliyatini boshlagan, ammo 2022-yil oxirida to‘xtatgan edi.

Do‘konlarning ichki dizayni Nyu-Yorkdagi ANY dizayn byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Brendni qayta ishga tushirish munosabati bilan bir nechta yangi kolleksiyalar, jumladan haykaltarosh Barri Kizelshteyn-Kord bilan hamkorlikda yaratilgan “Frankenstein-Cord” taqdim etildi. Kolleksiyaning e’tiborni tortadigan qismi muhandislik obyektlariga o‘xshatib ishlangan va vintlar yordamida yig‘ilgan anatomik yuraklar bo‘ldi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles