O‘zbekistonni chinakamiga tushunish uchun qayerda to‘xtash kerak
Mahalliy xususiyat va zamonaviy qulaylikni uyg‘unlashtirgan haqiqiy mehmonxonalar

Bu mehmonxonalarning har biri o‘zi joylashgan shahar haqida o‘ziga xos tarzda hikoya qiladi. Biri derazadan ko‘rinishi bilan, boshqasi arxitekturasi yoki interyer tafsilotlari bilan e’tiborni tortadi. Ularni birlashtiruvchi jihat shuki, ular o‘z manzili bilan aloqani yo‘qotmaydi va mahalliy madaniyatni his qilishga imkon beradi.
Khujra Studios, Buxoro
Khujra Studios Buxoroning eski mahallasida joylashgan bo‘lib, shahar muhitiga ajoyib tarzda mos keladi: neytral ranglar, tabiiy materiallar, qo‘lda to‘qilgan matolar va mahalliy bezaklar. Arxitektura loyihasini Leonardo Nozza, interyerni esa dizayner Nilufar Po‘latova yaratgan. Mehmonxona to‘rt xil turdagi studiyalarni taklif etadi:
- Classic — bir kishi yoki juftlik uchun ixcham va funksional xona;
- Premium — ko‘proq tabiiy yorug‘likka ega keng variant;
- Terrace — terrasa va shaharning tarixiy qismiga manzarali studiya;
- Family — oila yoki do‘stlar davrasiga qulay bo‘lgan ikkita yotoqxona va umumiy hududga ega xona.
Bu joy, ayniqsa, xususiylika va odamlar bilan kamroq muloqotni afzal ko‘radiganlar uchun juda mos keladi.
Mercure Hotel, Buxoro
Xalqaro mehmonxona tarmog‘i, ammo mahalliy urg‘u bilan: interyerda o‘zbek me’morchiligi motivlari, naqshlar, to‘qimalar va Buxoroning qadimiy saroylarini eslatuvchi muloyim ranglar ishlatilgan. U shahar markazida joylashgan bo‘lib, asosiy diqqatga sazovor joylarga piyoda borish mumkin.
Mehmonxonaning barcha xonalari yorug‘ va qulay, bundan tashqari, hududda Yevropa va O‘zbek taomlarini taklif etuvchi restoran, spa-zona, fitnes markazi, ichki hovli mavjud.
BibiKhanum Hotel, Samarqand
Samarqandning asosiy diqqatga sazovor joyi — Bibixonim masjidi yonidagi kichik mehmonxona. U masjidga shunchalik yaqin joylashganki, xuddi hovlida turgandek tuyuladi. Yaqin atrofda Siyob bozori, Shohi Zinda va Registon joylashgan. Mehmonxonaning o‘zi an’anaviy uslubdagi ikki qavatli bino bo‘lib, naqshinkor o‘ymakorlik elementlari va ichki hovliga ega. Ichkarida esa oddiy, ammo toza va qulay xonalar milliy to‘qimachilik mahsulotlari va yog‘och mebellar bilan jihozlangan. Nonushta masjidga qaragan zalda beriladi.
Kosh Havuz Boutique Hotel, Samarqand
Zamonaviy butik-mehmonxona shaharning tarixiy qismida joylashgan. Interyer mahalliy bezaklarni o‘z ichiga olgan neytral ranglar uyg‘unligida bezatilgan: kafel, to‘qimachilik, yog‘och o‘ymakorligi. Bu yerda turli toifadagi 18 ta xona mavjud bo‘lib, har birida qulay yotoqlar, ish maydoni, konditsioner, mini-bar va Wi-Fi bor.
Mehmonlar uchun mehmonxonaning eng sevimli qismi — Samarqand manzarasiga ega tom qismi. Nonushtalar shved stoli usulida taqdim etiladi. Shuningdek, ichki hovlida favvora va ko‘kalamzorlar mavjud bo‘lib, u yerda sayrdan so‘ng dam olish mumkin. Mehmonxona sayyohlar uchun ham, ish safari bilan kelganlar uchun ham qulay: hududda konferensiya zali va uchrashuvlar uchun joy mavjud.
Hotel Bankir, Xiva
Kichik, ozoda mehmonxona shaharning tarixiy markazi — Ichan qal’a yaqinida joylashgan. Xonalar sodda, ammo tafsilotlarga e’tibor bilan bezatilgan: oq devorlar, yog‘och elementlar, muloyim yoritish. Mehmonxonada ko‘p tilli xodimlar ishlaydi: ingliz, ispan, fransuz va italyan tillarida so‘zlashadilar — bu chet ellik mehmonlar uchun juda qulay. Har qanday masala bo‘yicha ularga murojaat qilish yoki transfer/ekskursiya buyurtma berish mumkin.
Ichan Kala Hotel, Toshkent
Sharqona uslubda bezatilgan Toshkentdagi eng serjilo mehmonxonalardan biri. Tashqi ko‘rinishidan u madrasaga o‘xshaydi: ravoqlar, naqshlar, mozaika va o‘ymakorlik — barchasi mahalliy ustalar tomonidan qo‘lda ishlangan. Hudud yam-yashil va yopiq, hovuzga, favvoralarga va yozgi kafega ega.
Xonalar keng, to‘qimachilik, kulolchilik va yog‘och elementlarga urg‘u berib bezatilgan. Har birida ish joyi, katta yotoq, mini-bar bor. O‘zbek va Yevropa taomlari tayyorlanadigan restoran, fitnes zali, spa-zona va go‘zallik saloni mavjud.