Giorgio Armani hayotdan ko‘z yumdi
Moda afsonasi

Italiyalik dizayner, Armani brendi asoschisi 91 yoshida vafot etdi. Erkaklar kostyumini qayta talqin qilib, 1980-yillar estetikasini belgilab bergan minimalistik uslubni yaratgan Armani moda tarixidagi eng muhim shaxslardan biriga aylandi.
U Giorgio Armani kompaniyasiga 1975-yilda asos soldi va keyinchalik bu nom moda, kosmetika, interyer, mehmonxonalar va kinoni qamrab olgan global imperiya nomiga aylandi. Uning liboslariga Gollivud yulduzlari orasida talab katta edi. Brend bo‘lsa nafislik hamda vazmin hashamatning ramziga aylangan edi.
Armani, shuningdek, xayriya tadbirlarida ishtirok etgan va brenddan tabiatga hamda kelajak avlodga ziyon yetmasligini ko‘zda tutuvchi barqaror rivojlanish konsepsiyasi tarafdori bo‘lgan. Giorgio Armani umrining so‘nggi yillarigacha kompaniya boshqaruvini o‘z qo‘lida saqlab qoldi.