Gotham Television Awards
Mukofot nomzodlari

Nyu-Yorkda eng yaxshi yangi televizion loyihalarni taqdirlash marosimi Gotham Television Awards bo‘lib o‘tdi.
Gotham TV Awards ikkinchi yillik mukofotida “O‘tish davri” dramasi g‘alaba qozondi, u to‘rtta nominatsiyadan uchtasini, jumladan, “Muvaffaqiyatli mini-serial” va “Mini serialdagi eng yaxshi bosh rol” nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi.
“Muvaffaqiyatli dramatik serial” nominatsiyasida “Pitt shifoxonasi” g‘alaba qozondi, Keti Beyts esa “Metlok” serialidagi roli uchun “Dramatik serialdagi eng yaxshi bosh rol” mukofotini oldi. Boshqa g‘oliblar orasida Sidney Puate nomidagi ramziy mukofotga sazovor bo‘lgan Sheril Li Ralf va tarixda birinchi marta “Afsona” mukofotini qo‘lga kiritgan Parker Pouzi ham bor.