Gucci kuz-qish 2025 kolleksiyasini taqdim etdi

Milanda Moda haftaligi boshlandi

27 Fev 2025
foto: SPOTLIGHT / GUCCI

Gucci brendining kuz-qish kolleksiyasi dizaynerlar jamoasi tomonidan ishlab chiqildi, chunki Sabato De Sarno ikki yillik faoliyatidan so‘ng moda uyini tark etdi. Namoyish keng zalda, to‘q yashil gilam va baxmal pardalar fonida bo‘lib o‘tdi, jonli musiqa ijrosini esa Justin Hurvits boshqardi. Podium Gucci brendining kult ramzi bo‘lgan o‘zaro chatishtirilgan G harflari shaklida bezatildi.

Kolleksiya turli davrlarning asosiy unsurlarini zamonaviy talqinda uyg‘unlashtirdi. 1960-yillar ruhidagi mini-ko‘ylaklar va kostyumlar nafislikni aks ettirgan bo‘lsa, 1970-yillarning charm kurtkalari va keng shimlari erkin shikni namoyon qildi. Z avlodining estetikasi asosida yaratilgan yorqin aksentlar esa obrazlarga dinamika qo‘shdi. 1990-yillarga xos soddalik, dadil kesimlar va sodda siluetlar Gucci brendining Tom Ford davridagi merosini eslatdi.

foto: SPOTLIGHT / GUCCI

foto: SPOTLIGHT / GUCCI

Dizaynerlar rang kombinatsiyalariga alohida e’tibor qaratdi: kulrang to‘q sariq va binafsha bilan, qizil esa pushti va krem ranglari bilan uyg‘unlashdi, firuzarang esa bej bilan to‘ldirildi. To‘plam tarkibida monoxrom obrazlar ham o‘z o‘rnini topdi.

Fakturadagi o‘yin yana bir asosiy element bo‘ldi: yaltiroq ko‘ylaklar trikotaj jiletlar bilan uyg‘unlashdi, hajmli shubalar atlas ko‘ylaklar bilan juftlik hosil qildi, shoyi ro‘mollar matt kepkalar bilan kontrast berdi. Uch chorak yengli palto va yirik tugmali jiletlar charm yubkalar bilan to‘ldirildi. Alessandro Mikele uslubining ta’siri esa kardiganlar, bantli baxmal ko‘ylaklar va vintej dioptriyali ko‘zoynaklarda sezildi. Kolleksiyani tugallagan aksessuarlar orasidan har xil o‘lchamdagi sumkalar, yirik marjonlar va Gucci brendining taniqli detallari joy oldi.

foto: SPOTLIGHT / GUCCI

foto: SPOTLIGHT / GUCCI

O‘tish davriga qaramay, Gucci o‘zining o‘ziga xos uslubini saqlab, klassik motivlarni zamonaviy tendensiyalarga uyg‘unlashtirishda davom etmoqda.

foto: SPOTLIGHT / GUCCI

foto: SPOTLIGHT / GUCCI

foto: SPOTLIGHT / GUCCI

foto: SPOTLIGHT / GUCCI

foto: SPOTLIGHT / GUCCI

Maqolani baham ko'ring

Related articles