Gucci uch nafar talabaga stipendiya taqdim etdi

“Changemakers London” dasturi doirasida

Fotо: Instagram / gucciequilibrium

Gucci brendi “Changemakers London” dasturi doirasida London moda kollejining uch nafar talabasiga stipendiya taqdim etdi. Ular Malak Bedidi, Mika Egafon va Yelena May Kilminster-Devi.

Talabalar moda kolleji dekanlari, “Elle Britaniya” bosh muharriri va Gucci Changemakers dasturi ambasadori Keniya Xant tomonidan tanlab olindi.

“Gucci Changemakers London” dasturi oliy ta’limda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, moda sanoatida xilma-xillik va inklyuzivlikni rag‘batlantirish bo‘yicha brend tashabbusining bir qismidir.

Maqolani baham ko'ring

Related articles