H&M modellarining raqamli egizaklari
Ijodiy jarayonni qayta tushunish

H&M sun’iy intellekt yordamida yaratilgan modellarning raqamli egizaklarining ilk tasvirlarini e’lon qildi. Suratlar brend hisobida H&M ijodiy direktori Yorgen Andersson va model Vanessa Mudi bilan suhbatdan so‘ng paydo bo‘ldi. “Raqamli modellar insonlarni o‘rnini bosish emas, balki faoliyatimizga qo‘shimcha vosita”, deya izoh berdi Mudi va haqiqiy modellar o‘zlarining raqamli nusxalari ustidan to‘liq nazoratni saqlab qolishini ta’kidladi.
H&M vakillari ijodiy jarayonni qayta tushunishni istayotganlarini va modada sun’iy intellektdan axloqiy foydalanish bo‘yicha munozarani davom ettirishni rejalashtirganlarini ma’lum qilishdi.