H&M selektiv kolleksiyaning drop savdosini boshladi

Unga Karl Lagerfeld, Stella Makkartni, Lanvin va boshqalar bilan hamkorlikdagi mahsulotlar kiritilgan

Fotо: Instagram / HM

Shvetsiyaning H&M kiyim-kechak brendi o‘zining selektiv kolleksiyasi bilan savdoni yo‘lga qo‘yadi. U 20 yil davomida moda uylari va dizaynerlar bilan hamkorlikda yaratgan cheklangan mahsulotlarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida: Karl Lagerfeld, Stella Makkartni, Lanvin, Comme des Garçons, Jimmy Choo, Isabel Marant va boshqalar bor.

Brend, shuningdek, “H&M’s pre-loved collection” selektiv kolleksiyasining lookbook’ini taqdim etdi. Keyt Felan kurator va stilist bo‘lib ishlamoqda. Kolleksiya onlayn va butun dunyo bo‘ylab yettita do‘konda cheklangan miqdorda sotiladi.

Sotuvlar 24-oktyabrda Parijda, 25-oktyabrda Londonda, 26-oktyabrda Milanda, 27-oktyabrda Nyu-Yorkda, 28-oktyabrda Barselonada, 29-oktyabrda Stokgolmda, 30-oktyabrda Berlinda boshlanadi. 31-oktyabrdan boshlab to‘plam H&M veb-saytida onlayn mavjud bo‘ladi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles