Hailey Bieber DKNY‘da
2025 kuz-qish to‘plami

Model DKNY‘ning yangi kampaniyasida brend klassikasining zamonaviy talqinida suratga tushdi. Uning liboslari qora bleyzer, oq ko‘ylak, boshdan-oyoq denim obrazi, katakli jaket va neon detallar bilan boyitilgan bomberdan iborat bo‘ldi. Sun’iy mo‘ynadan tikilgan palto, charm bomber hamda Hadlee, Paula Commuter Tote va 1989-yilgi arxivdagi Chana sumkalari ham to‘plamdan o‘rin oldi.
Suratga olish jarayonini mashhur fotosuratchi Mikael Jansson amalga oshirdi. DKNY vakillarining ta’kidlashicha, Hailey‘ning uslubi Nyu-York ruhini va brend falsafasini aks ettiradi.