ARSLON
19-avgustdan 25-avgustgacha Arslon burji vakillarining barcha istaklari va intilishlari tadqiqot va bilim olish mavzulari bilan bog‘liq bo‘ladi. Haftaning asosiy vazifasi - atrofdagilar bilan muvozanatlashgan munosabatlar o‘rnatishdir. Oilada kelishmovchiliklar yuzaga kelishi, qarindoshlar tanqid qilishi ehtimoli bor. Sizni tushunishmasa, anglashilmovchiliklar ro‘y berishi mumkin. Vaziyatlarga donishmandlik bilan yondashing, ketishi kerak bo‘lgan narsalarni qo‘yib yuborishni o‘rganing. Ustuvorliklaringiz ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqing, ularni qisqartirish istagi tug‘ilishi mumkin. Ishdagi qiyinchiliklardan qochib qutulish mumkin emas, ammo oxir-oqibat hammasi yaxshi yakunlanadi.