ARSLON
26-avgustdan 1-sentyabrgacha Arslonlar o‘zlarining yorqinligi, betakrorligi va noyobligi bilan porlashga va boshqalarni hayratga solishga tayyor bo‘lishadi. G‘ayrat va shijoatini, o‘z kuchi va ahamiyatini his qilish tuyg‘usi qaytib keladi. O‘zingizga va intilishlaringizga sodiq qoling. Atrofdagilarga ezgulik ulashing va yordam bering, ularning yo‘lini yoritib bering. Axir siz aynan shu maqsadda Arslon belgisi ostida va Quyosh ta’sirida tug‘ilgansiz. Dam olish kunlari o‘zingizni quvvatlantirishga vaqt ajrating. Jismoniy, aqliy va ma’naviy salomatligingizga e’tibor bering: tabiat qo‘yniga chiqing, sport bilan shug‘ullaning, qiziqarli kitob o‘qing yoki shunchaki jimgina o‘tiring.