ARSLON
9-sentyabrdan 15-sentyabrgacha bo‘lgan davrda Arslon burji vakillari kuch va quvvatga to‘la bo‘ladi. Tog‘larni talqon qilib, barcha cho‘qqilarni zabt etishni istashadi. Bunda eng muhimi oshirib yubormaslik. O‘zingizga ortiqcha ishonib yuborish sizga qimmatga tushishi mumkin. Moliyaviy nayranglar achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Barqaror daromadlarni tanlang, sinalgan hamkorlar bilan hamkorlik qiling. Yaqinlaringiz bilan muloqot qilish uchun vaqt toping, ular sizning bee’tiborligingizga shikoyat qilishlari mumkin.