ARSLON
5-avgustdan 11-avgustgacha Arslon burji vakillari o‘z karyerasida va loyihalarni ilgari surishda muvaffaqiyatga erishadi. Siz xizmatda kreativlikni namoyon etasiz, yangi narsalarni faol o‘rganasiz. Biznes bo‘yicha sheriklar bilan munosabatlarda va oilada eng yaxshi davr hukm surmoqda deb bo‘lmaydi. Muloqotda va bir-birini tushunishda muammolar bo‘lishi mumkin. His-tuyg‘ular, sheriklik aloqalari qanaqadir ma‘noda sinovdan o‘tyapti. Gapirayotgan gaplaringizga e‘tibor bering. Biror narsa aytishdan oldin o‘ylab ko‘ring. Ba’zida sukut eng yaxshi yechimdir. O‘zingiz bilan yolg‘iz qolish, ishlardan uzoqlashish, o‘z ma’naviy taraqqiyotingizga e’tibor qaratish, xayriya ishlari bilan shug‘ullanish uchun ajoyib vaqt.