BALIQ
19-25-avgust oralig‘ida Baliqlar o‘zlarini muhim shaxs sifatida his qilishni istaydilar. O‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish va atrofingizdagi dunyoni tartibga solish vaqti keldi. Yozuvchilikda o‘zingizni namoyon qilish, yangi bilimlar olish, ustoz bilan muloqot qilish uchun qulay vaqt. Romantik munosabatlar, bolalar bilan muloqot uchun ham yaxshi davr. Agar dangasalik qilmay, harakat qilsangiz, mehnat sharoitlari yaxshilanadi, ish unumdorligi oshadi, qiyinchiliklar yengillashadi. Sog‘lig‘ingizga e’tibor bering. Tanangiz bergan signallarga quloq tuting. Faol hayot tarzi, sport zallariga borish, sayr qilish - bularning barchasi yaxshi kayfiyat va sog‘lom turmush uchun zarur.