BALIQ

23 Avg 2024

26-avgustdan 1-sentyabrgacha Baliqlar uchun munosabatlarni yo‘lga qo‘yish oson bo‘lmaydi. Bir-birini tushunishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Muloqotni bahslar va ziddiyatlarga olib bormang, aks holda yaxshigina kuyishingiz, yetmaganiga sherigingizni yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin. Ishda siz dadil va g‘ayratli bo‘lasiz, o‘zingizni xuddi suvdagi baliqdek his qilasiz. Ammo sizga o‘zingizni yetarlicha baholanmayotgandek, topgan pulingizdan qoniqmayotgandek tuyulishi mumkin. Salomatligingizga e’tiborli bo‘ling. Tabiat qo‘ynida bo‘lish va sport mashg‘ulotlariga borish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang. Jismoniy jihatdan qanchalik sog‘lom bo‘lsangiz, ruhan shunchalik baquvvat bo‘lasiz.

Maqolani baham ko'ring