CHAYON
Chayonlar uchun kelgusi oy o‘z kasbiy yutuqlarini tahlil qilish va tajribadan zarur xulosalarni chiqarish uchun ajoyib vaqtdir. Agar malaka oshirish kurslariga borish istagingiz bo‘lsa, hozir eng qulay payt, chunki Omad g‘ildiragi aynan sizga qaratilgan! Munosabatlarda ortiqcha zo‘riqishlardan qoching va aloqalarni cheklang, chunki asabiy toliqish faqat zarar keltirishi mumkin. E’tiboringizni atrofdagilarga sochib yubormang, sevimli insoningiz bilan vaqt o‘tkazing, zavqning yangi qirralarini kashf etishingiz aniq. Salomatligingiz barqaror, biroq quvvatingizni saqlash uchun uyqu tartibiga albatta rioya qiling. Hozircha har qanday ortiqcha jismoniy zo‘riqishdan saqlaning, ammo yengil cho‘zilish, sayr qilish yoki suzish foydali bo‘ladi.