EGIZAKLAR
Kuzning birinchi oyida Yuksaluvchi Egizaklar uchun asosiy vazifa ish va hordiq o‘rtasidagi muvozanatni topishdir. Muloqot doirangizni kengaytirish payti keldi. Ijtimoiy loyihalarda ishtirok eting, yangi odamlar bilan tanishing. O‘z fikr va g‘oyalaringizni dadil bildiring! Kitob o‘qish, yangi bilimlar olish va odamlar bilan muloqot qilish sizga ilhom beradi. Uy shinamligiga, onangiz va jamoangiz bilan munosabatlarga e’tibor qarating. Uyni yaxshilab tozalash, ishlaringizni tartibga solish, uyda buyumlarni saqlash tizimini yo‘lga qo‘yish foydali bo‘ladi. Yashash joyingizni yaxshilash, uyingizni yanada qulay va amaliy qilish istagi paydo bo‘lishi mumkin.