EGIZAKLAR
![](https://elleuzbekistan.com/wp-content/uploads/2024/06/Artboard-4.png)
Muloqot va ommaviy suhbatlar davri dildan samimiy suhbatlarga bo‘lgan ehtiyoj bilan almashadi. 22-iyuldan 28-iyulgacha Egizaklar yaqinlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni, do‘stlar bilan uchrashishni xohlashadi. Uy ishlari bilan shug‘ullanishni, u yerda shinamlik yaratishni xoxlab qolishadi. Siz so‘zlarga nisbatan yanada ta’sirchanroq bo‘lasiz. Siz ularga xafalik va tajovuzkorlik bilan munosabat bildirishingiz mumkin. O‘z his-tuyg‘ularingizni xotirjamlik bilan bildiring, nizolardan saqlaning.