O‘QOTAR
23-29-sentyabr oralig‘ida O‘qotar burjining Yuksalayotgan vakillari moliyaviy sohada rivojlanishni kutishlari mumkin. Yomon niyatli odamlar do‘stga aylanadi, sog‘liqlarida esa faqat ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Siz atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishasiz, eng muhimi, tajovuzkorlik ko‘rsatmang. Bu jumladan bolalarga ham taalluqli. Yaqin masofalarga qiladigan sayohatingiz qiyinchilik tug‘dirishi va xavotirga solishi mumkin. Hafta oxirida o‘z ishingizni kengaytirish borasida yutuqlar kutilmoqda. Nufuzli odamlar doirasiga kirish va foydali aloqalaringizni kengaytirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Takliflarni va ommaviy tadbirlarda qatnashishni rad etmang.