PARIZOD
Parizodlar uchun 5-avgustdan 11-avgustgacha bo‘lgan davr katta xaridlar qilish, uzoq safarlar va kiritilgan sarmoyadan foyda olish uchun yaxshi vaqtdir. Shunga qaramay, ma’lumotni sinchkovlik bilan tekshiring, chunki sizning mantiqingiz, tafsilotlarga e’tibor va aniq strategik rejalarni tuzish qobiliyatingiz pand berishi mumkin. Pul masalasida barcha ijobiy va salbiy tomonlarni taroziga solib ko‘ring va foydasiz xarajatlar va muvaffaqiyatsiz investitsiyalardan qochish uchun to‘g‘ri qaror qabul qiling.
Salomatlik bilan shug‘ullanishning ayni payti. Tibbiy ko‘rikdan o‘ting, kerakli tahlillarni topshiring. Hafta oxirida o‘zingizga va yaqinlaringiz uchun vaqt ajrating. Sanatoriy, dala hovli, gulxan yonidagi suhbat... Balki bu birgalikda kino yoki qahvaxonaga borishdir. Vaqtni oila davrasida o‘tkazing, samimiy muloqot va birga vaqt o‘tkazishdan qoniqish tuyg‘usini his eting.