QO’Y

30 Iyul 2024

Qo‘y burji vakili avgust oyining boshlanishida o‘z e’tiborini uy ishlari va oilaga qaratadi. 4 xonadagi quyosh sizning turar joyingiz yoki umuman ko‘chmas mulkingiz bilan bog‘liq masalalarni yoritadi. 5-avgustdan 28-avgustgacha Retrograd Merkuriy ham sizni tugallanmagan oilaviy ishlarga qaytarishi mumkin. Qo‘ylar boshqaruvchisi Mars 26-avgustgacha pullar uyida bo‘ladi. Tashabbuskorligingiz va qat’iyatingiz tufayli daromadlarni ko‘paytirish mumkin. Qo‘ylar yaqinlari bilan munosabatlarda ziddiyatlardan va o‘ylamasdan harakat qilishdan qochishlari kerak. Agar siz olovli energiyangizni kerakli tomonga yo‘naltirsangiz, avgust oyi sizga mahsuldor bo‘lishni va’da qiladi.

Maqolani baham ko'ring