QOVG‘A
26-avgustdan 1-sentyabrgacha Qovg‘alar o‘zlarining amalga oshirilmagan imkoniyatlari haqida tashvishlanishadi. Ruhiy kayfiyat hali ham jangovar holatda va harakatlanish uchun kuch bor. Dangasalik va shubhalarni chetga surib, qo‘lingizga qalam va daftar oling-da, hayotning yangi bosqichiga chiqish bo‘yicha strategik rejangizni yozing. Hamkorlar bilan muloqot oson kechadi. Ba’zi tushunmovchiliklar va kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin, ammo kelishuv va murosaga erishish uchun harakat endi har ikki tomondan bo‘ladi. Moliyaviy farovonlikka intilish aniq harakatlar bilan mustahkamlanadi, shuning uchun moddiy foydalar o‘zini uzoq kuttirmaydi.