TAROZI

13 Iyul 2024

15-21-iyul kunlari Tarozilarning kayfiyati tez-tez o‘zgarib turishi kutilmoqda. Salbiy emotsiyalarga (his-tuyg‘ularga) berilmang, faqatgina oʻzingiz kayfiyatingizni boshqara olishingiz haqida unutmang. Ko‘p insonlar bilan aloqada bo‘lishingiz kutilmoqda, shu sababli hafta o‘rtasiga kelib charchoq sezilishi mumkin. O‘zingiz uchun “dam olish kuni” ajrating va uni maksimal darajada chiroyli va sokin o‘tkazishga harakat qiling. Emotsional qiyin bo‘lgan vaziyatlarda albatta yaqinlaringizga murojaat qiling, ular sizga kerakli yordam va dalda berishadi.

Maqolani baham ko'ring

Til tanlash

*Siz sayt menyusidan ham tanlashingiz mumkin