Horrorlar qiroli Guillermo del Toro

Gollivudning buyuk ertakchisi

Foto: Instagram / pinocchiomovie

Bugun, 9-oktyabr – Gollivudning buyuk ertakchisi, meksikalik rejissyor Guillermo del Toro tavallud topgan kun. Tasavvurning jo‘shqinligi uning filmlarini shunchalik g‘ayrioddiy qiladiki, ular ko‘pincha muxlislarning umidlaridan ortiqroq bo‘lib chiqadi 

Bolaligidayoq, barcha bolalar ko‘chada o‘ynab yurgan paytlarida, bo‘lajak rejissyor uyda o‘tirib, o‘z tasavvurlarini boyitardi. U qo‘rqinchli filmlarni yaxshi ko‘rar va Howard Phillips Lovecraft’ning kitoblarini qayta-qayta o‘qir edi.

Guillermo o‘smirlik chog‘idayoq filmlar ishlab chiqarish sanoatiga qiziqqan. Dick Smith’dan maxsus effektlar va grim yaratishni o‘rganganidan so‘ng, u 10 yil davomida grimchi bo‘lib ishladi. Bu bilan kifoyalanmasdan, u Meksika teleko‘rsatuvlari prodyuseri va rejissyori sifatida ishlay boshladi.

Rejissorning o‘ziga xos uslubi 1993-yilda mukofotga sazovor bo‘lgan vampir mifologiyasi asosidagi “Cronos” debyut filmida yaqqol namoyon bo‘ldi. Ushbu film Guillermo’ni istiqbolli rejissyor sifatida ko‘rsatdi, shundan so‘ng u James Cameron, Francis Ford Coppola va Martin Scorsese bilan munosabatlarni o‘rnatgan. 

Foto: Instagram / gdtreal

 

Rejissyorning keyingi ishlari orasida tanqidchilar tomonidan e’tirof etilgan “Devil’s Backbone” va “Pan’s Labyrinth” kabi filmlar mavjud.  Uning “Hellboy” filmlari seriyasi hali ham ushbu qahramonni ochib bergan eng yaxshi filmi hisoblanadi.  Rejissyor “Blade II” blokbasterini yaratishda ham ishtirok etgan.

2017-yilda “The Shape of Water” fantastik melodrammasi rejissyorga Amerika kinoakademiyasining “Yilning eng yaxshi filmi”  va “Eng yaxshi rejissyor”  nominatsiyalarida Amerika kinoakademiyasining “Oscar” mukofotiga loyiq deb topildi.

 Gilermoni g‘alati odam deb atashadi. Rejissyorning o‘zi ham buni inkor etmaydi:

Men doim g‘alati yigit bo‘lganman. Va mening aqlim real dunyoda to‘liq ishlamaydi. Men dunyoni boshqarishga va uning ma’nosini tushunishga harakat qilish uchun har kuni o‘zimni ertaklar va maxluqlar tiligacha mavhumlashtirishga majburman. Hayotimizdagi yaxshilik va yomonlikni biz kim ekanligimizni yoki bizda mavjud bo‘lgan hayotning ma’nosini qanday tushunishimiz mumkinligini anglashga yordam beradigan yirtqich hayvonlar va hikoyatlar orqali talqin qilaman. Bundan tashqari, bu mening ofisim, har kuni ertalab uyimdan chiqib, u yerga boraman. U asosan kitoblar va noodatiy san’at buyumlaridan iborat.

Atrofimdagi suratlar, narsalar yoki har kuni o‘qigan va o‘qiyotgan kitoblarim meni doimo ilhomlantiradi. Bu juda qiziq.

Xulosa qilib aytishim mumkinki, ilhomlanishingiz uchun faqat film ko’rishingiz shart emas. O‘zingizning hikoyanavislik tilingizni sizni harakatga keltiradigan bayon qilishning barcha shakllari bilan boyitish muhimdir. Bu ertak, klassik kitob, video o‘yin yoki muzeydagi rasm bo‘lishi mumkin. Eng muhimi, sizning hikoyachilik qobiliyatingiz rag‘batlantiriladi.”

Ko‘pchilikka ma’lumki, rejissyor o‘zining g‘oya qaydlari va filmlar uchun qoralamalarini kitobchalarga yig‘adi, ulardan birini u bir kuni taksining orqa o‘rindig‘ida qoldirgan. Bular “Pan’s Labyrinth” filmi haqida edi. Shunda Guillermo bir necha yil davomida “yetishtirgan go‘dagi” bilan xayolan xayrlashdi. Ammo uning omadi keldi – kitobcha qo‘liga tushgan haydovchi rejissyorni izlab topdi va unda qanchalik muhim ma’lumotlar saqlanishini tushunib, unga yozuvlarni qaytarib berdi. Buni yuqoridan kelgan alomat deb hisoblab, Guillermo bu kartinani yaratishga yanada ko‘proq ishtiyoq bilan kirishdi. Natijada Kann festivalida ushbu film 22 daqiqalik qarsaklar bilan taqdirlandi.

2007-yilda film “Eng yaxshi operatorlik ishi”, “Eng yaxshi grim” va “Eng yaxshi dekoratsiya” nominatsiyalarida “Oscar” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

2023-yil Guillermo del Toroning “Pinokkio” klassik bolalar romanining uzoq kutilgan sahnalashtirilishi bilan esda qoldi, u yilning “Eng yaxshi to‘liq metrajli animatsion filmi” uchun “Oscar” mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Oscar” mukofoti taqdirlash marosimida “Pinokkio”ning g‘alabasi filmning hikoya qilish, animatsiya va texnik yutuqlardagi ustunligidan dalolat beradi. Filmning kadrli animatsiya va an’anaviy qo‘lda chizish texnikasini birlashtirgan hayratlanarli vizual effektlari unda bayon qilingan hikoyani ilgari hech kimning hayoliga kelmagan tarzda jonlantiradigan sehrli va hayratlanarli dunyoni yaratadi. “Pinokkio”ni an’anaviy aktyorlik filmlardan farqli o‘laroq, hikoyalarni  o‘ziga xos tarzda bayon qiladigan animatsion filmlarning yangi davri boshlanishi deb atash mumkin.

Foto: Instagram / pinocchiomovie

Yaqinda rejissyor ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida o‘zi orzu qilgan “Frankenshteyn” nomli filmni suratga olish ishlari yakunlangani haqida e’lon qildi. 

Guillermo del Toro shunchaki rejissyor emas. U zamonaviy hikoyachi, yorug‘lik va soya bilan rasm chizadigan, o‘zining yorqin tasavvurini amalga oshiradigan rassom. Uning filmlari bir vaqtning o‘zida ham maftun qilish, ham xavotirga solishga qodir bo‘lgan kino kuchini eslatadi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles