Hunarmandchilik festivali va kulolchilik forumi

Rishton va Qo‘qon voqealar markazida

Foto: Instagram / rishtan.ceramics

19-21-sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali, Rishton tumanida xalqaro kulolchilik forumi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlar doirasida tantanali sayillar, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi, dizaynerlik kolleksiyalari defilesi, qo‘g‘irchoqbozlar va dorbozlar chiqishlari, folklor ansambllar konsertlari va osh tanlovlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, mahorat darslari va Qo‘qonning sayyohlik yo‘nalishlari bo‘ylab sayohatlar uyushtirilishi ko‘zda tutilgan.

Maqolani baham ko'ring

Related articles