“Iblis Prada kiyadi”
Hikoyaning davomi

Birinchi film ekranlarga chiqganidan 20 yil o‘tgach, Meril Strip Miranda Pristli rolida yana namoyon bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Iblis Prada kiyadi” nomli mashhur film Loren Vaysbergerning romani asosida suratga olingan va 2006-yilda ekranlarga chiqqan edi. 2024-yilda Endi obrazini Enn Xeteuey ijrosida yaltiroq dunyo muvaffaqiyatlari haqidagi hikoyani davom ettirish rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, bosh rollar o‘zgarishsiz qoladi.