“Iblis Prada kiyadi 2”
Yangi film tafsilotlari

“Iblis Prada kiyadi 2” filmi 2026-yil 1-mayda ekranlarga chiqadi. Birinchi film voqealaridan 20 yil o‘tgach, ikkinchi qismning chiqish tafsilotlari ma’lum bo‘lmoqda. Davom qismi syujeti “Podium” jurnalining bosh muharriri Miranda Pristli atrofida rivojlanadi. U nashriyotdagi moliyaviy inqirozga duch kelgach, o‘zining sobiq yordamchisi, hozirda moda olamida nufuzli rahbarga aylangan Emilidan yordam so‘rashga majbur bo‘ladi.