Iris Van Herpen kutyur kolleksiyalarini yiliga bir marta namoyish etishni rejalashtirmoqda
Gollandiyalik dizayner o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashdi
Golland modalar uyi innovatsion materiallardan foydalangan holda yuqori texnologik kiyimlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi bilan mashhur. Ayris van Herpen haute couture kiyimlarini printerda chop etgan dunyodagi birinchi dizaynerdir.
“Men kolleksiyalar ustida ishlash jarayonida fanlararo yondashuvga ko‘proq vaqt ajratishni istayman. <...> Ma’lumot izlash va mahsulotlarni ishlab chiqishga ko‘proq vaqt sarflamoqchiman, chunki institutlar, rassomlar va olimlar bilan olib boradigan hamkorliklarim ko‘p vaqt talab qiladi. Menimcha, jarayonning go‘zalligi aynan shunda. Biz shou uchun eng yaxshi natija olish maqsadida ilg‘or texnologiyalarga chuqurroq sho‘ng‘ishimiz mumkin”, - deb fikr bildiradi dizayner.