Issiqdan qutqaradigan uch sho‘rva

Oddiy retseptlar va maksimal salqinlik

Фото: Pixabay

Issiqlik asta-sekin pasaymoqda, biroq saxovatli quyosh hali uzoq vaqt davomida tanamizni yengil, foydali va tetiklashtiruvchi taomlarni talab qilishga majbur etadi. Agar hammaning sevimli okroshkasi joniga tekkan bo‘lsa-yu, kuksuni (yoki kuksini) yangi, ammo tayyorlash oson bo‘lgan narsa bilan boyitishni istasangiz, nima qilish kerak? Mana, uy sharoitida osongina tayyorlash mumkin bo‘lgan tetiklantiruvchi sho‘rvalarning bir nechta varianti.

Gaspachо

Bu sovuq sho‘rva Ispaniyadan kelib chiqqan bo‘lib, yangi bodring, shirin qalampir va pomidor pyuresidan tayyorlanadi. Masalliqlar o‘zaro uyg‘un bo‘lib, uning tuzilishi ipakdek mayin yoki biroz quyuqroq bo‘lishi mumkin.

Photo: Freepik

Masalliqlar:

Pomidor - 1,5 kg

Zaytun moyi - 100 ml

Bodring - 2 dona.

Bulg‘or qalampiri - 2 dona.

Sarimsoq - 3 ta tishcha

Bosh piyoz - 1 dona.

Sirka (xeres, balzam, vino yoki olma) - 2 osh qoshiq.

Tuz - 1 st.l.

Pomidor, qalampir va piyozni yirik bo‘laklarda to‘g‘rang. Blenderning quvvatiga qarab, sabzavotlarni maydaroq qilib to‘g‘rashingiz mumkin.

Sarimsoqpiyozni tozalab, ikkiga bo‘ling va mag‘zini olib tashlang – u taomga achchiqlik berishi mumkin.

Barcha sabzavotlarni blender idishiga solib, bir xil massa hosil bo‘lguncha maydalang. Tuz seping, sirka qo‘shing (xeres sirkasi engmaqbul variant, ammo balzamik, uzum yoki olma sirkasi ham bo‘laveradi).

Blenderni to‘xtatmagan holda, zaytun moyini asta-sekin quying – u boshqa masalliqlar bilan bir tekis aralashishi kerak.

Sho‘rvani tatib ko‘ring: agar yengilroq bo‘lishini istasangiz, ozgina muzdek suv qo‘shing.

Gaspachoni stakan yoki kosalarda dasturxonga torting, ustidan birinchi sovuq siqish zaytun moyi keyin dengiz tuzi seping. Unga eng mos qo‘shimcha qarsildoq non bo‘la oladi.

Qovoqchali yaxna sho‘rva

Photo: Pixabay

Masalliqlar:

5 st.l. qatiq

1 ta katta qovoqcha

Shivit

Yalpiz

1-2 bo‘lak sarimsoqpiyoz

Tuz

Zaytun moyi

Qovoqchani yirik qirg‘ichdan o‘tkazib, tuz seping, aralashtiring va ortiqcha suyuqlikni yaxshilab siqib oling. Qizdirilgan tovada zaytun yog‘i bilan sarimsoqpiyozni siqib, biroz qovuring. So‘ng qovoqcha solib, 8-10 daqiqa past olovda dimlang. Alohida idishda qatiqni mayda to‘g‘ralgan ukrop va yalpiz bilan aralashtiring. Sovigan qovoqchalarni sutli aralashmaga qo‘shib, tuzlang va aralashtiring. Sovutilgan holda dasturxonga torting.

Salmorexo

Salmorexo – an’anaviy tarzda sovuq holda beriladigan tetiklantiruvchi Andalusiya sho‘rvasi. U ayniqsa yozda mashhur. Asosiy tarkibiy qismlari – ezilgan pomidor, non, sarimsoq piyoz, yog‘ va sirka. Sho‘rva quyuq va qaymoqsimon bo‘lib, bezak sifatida qaynatilgan tuxum ishlatiladi.

Photo: Freepik

Masalliqlar:

Pomidor - 3 dona

Oq non (quruq) - 1⁄2 dona

Sarimsoqpiyoz - 1 tishcha

Zaytun moyi - 1 osh qoshiq

Uzum sirkasi - 1 osh qoshiq

Tuz - 1 choy qoshiq

Pomidorlarni 1-2 daqiqa qaynoq suvga solib, po‘stini arching. O‘zagi va urug‘larini olib tashlang, etini yirik qilib to‘g‘rang. Blenderga solib, sarimsoq piyozni qo‘shing va bir xil bo‘lguncha maydalang. Hosil bo‘lgan aralashmaga nonni botirib, 5 daqiqa davomida yumshatib qo‘ying. Sirka va tuz qo‘shib, aralashtiring. So‘ngra, blenderni to‘xtatmasdan, zaytun moyini quying va yana silliq tus olguncha aralashtiring.

Sho‘rvani kamida 2 soatga muzlatgichga qo‘ying. To‘g‘ralgan qaynatma tuxum va qarsildoq suxarilar bilan dasturxonga torting.

Maqolani baham ko'ring

Related articles