Jacob&Co. и Loewe
Quloqchinlarning soni cheklangan to‘plami

Jacob&Co. zargarlik brendi va Loewe nemis elektronika ishlab chiqaruvchisi qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan quloqchinlarning soni cheklangan to‘plamini taqdim etdi. Ice Diamond va Noir Rainbow modellarining har biri dunyo bo‘ylab atigi beshta nusxada ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu quloqchinlar zamonaviy texnologiyalarni zargarlik san’ati bilan uyg‘unlashtiradi. Ice Diamond umumiy og‘irligi 12,47 karatni tashkil etuvchi 456 dona brilliant va 14 karatli oq oltin bilan bezatilgan. Noir Rainbow modeliga esa 204 dona zangori yoqut o‘rnatilib, pushti oltin bilan ishlov berilgan. Ikkala qurilma ham sun’iy intellekt asosidagi shovqinni yo‘qotish texnologiyasi, ovozli yordamchi va real vaqtdagi tarjima funksiyasi bilan ta’minlangan. Jacob&Co. kompaniyasi bosh direktori Benjamin Arabovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha texnologiyalar va san’atni uyg‘unlashtirgan hashamatning yangi ko‘rinishiga aylandi. Loewe rahbari Aslam Xabliyev esa hamkorlik brendning an’anaviy elektronika doirasidan chiqib, lifestyle luxury segmentiga qadam qo‘yish maqsadini aks ettirishini ta’kidladi. Monakoda bo‘lib o‘tgan taqdimotdan so‘ng quloqchinlar Jenevadagi Globus va Londondagi Harrods do‘konlarida namoyish etiladi.