Jacquemus moda haftaligini yakunladi
Dizayner “Le Paysan” kolleksiyasini namoyish etdi

Parijdagi moda haftaligi Jacquemus ko‘rgazmasi bilan yakuniga yetdi. Namoyish Simon Port Jakmyus uchun ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan Versal saroyining issiqxonasida bo‘lib o‘tdi. Dizayner 2023-yilda ham bu yerda o‘z kolleksiyasini namoyish etgan edi.
Jakmyus yangi kolleksiyasini oilasi va kichik vataniga bag‘ishladi. Shu sababli unga “Le Paysan” yoki “Dehqon” degan she’riy nom berildi. Kolleksiyaning asosini asosan oq, qum rang, moviy va sariq rangdagi monoxrom obrazlar, ko‘p qatlamlilik, yarim shaffof yopinchiqlar va to‘rdan tikilgan liboslar, shuningdek, bluzka-volan va erkin bichimlar tashkil etdi.