Jacquemus Nyu-Yorkda o‘zining birinchi butikini ochadi
U Soho ko‘chasida joylashadi
Fransiyaning Jacquemus modalar uyi “Soho”da birinchi Nyu-York butikini ochadi. Do‘konning ochilishi 18-20 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Butik yonida brend qadog‘ida nonushta tayyorlovchi fud-trak o‘rnatiladi. Ochilish kuni brend yangi olingan sharbat va Jacquemus kruassanini tarqatadi. Shuningdek, lotereya o‘ynash va Rond Carré sumkasini yutib olish mumkin bo‘ladi.