Jacquemus va Nike

Yangilangan Moon Shoe modeli

27 Sen 2025
Foto: jacquemus.com

Jacquemus va Nike yangilangan Moon Shoe modelini taqdim etdi. Krossovka neylondan tayyorlangan bo‘lib, charm detallar va ikki brend logotiplari bilan bezatilgan. Model orqa qismi elastik qilib ishlanib, burmalar qo‘shilgan holda balet estetikasida qayta talqin etildi. Moon Shoe ilk bor 1972-yilgi Olimpiada uchun Nike tomonidan yaratilgan bo‘lib, bu vafli tagcharmli ilk krossovkalar edi.

Yangilangan versiya Jacquemus butiklarida 28-sentyabrda, brend veb-saytida 29-sentyabrda va Nike SNKRS platformasida 6-oktyabrda sotuvga chiqariladi.

Kampaniyani "Maxluqlar: Lyle va Erik Menendezlar tarixi" seriali yulduzi, aktyor Nicholas Alexander Chavez taqdim etdi.

Maqolani baham ko'ring

Related articles