Jaden Smith – Louboutin Men kreativ direktori
To‘plam debyuti - 2026-yil yanvarida

Christian Louboutin Jaden Smithning erkaklar yo‘nalishi kreativ direktori etib tayinlaganini e’lon qildi. Moda uyi tarixida ilk bor bu lavozimga asoschidan boshqa shaxs tayinlandi. Smith erkaklar uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlar vizual kampaniyalariga, fotosuratlarga va umumiy yo‘nalishga rahbarlik qiladi. Uning boshchiligidagi dastlabki to‘plam 2026-yil yanvar oyida Parijdagi Erkaklar moda haftaligida taqdim etiladi. Loyiha ustida ishlash uchun Jaden Fransiyaga ko‘chib o‘tadi.
Ilgari MSFTSrep brendiga asos solgan va New Balance bilan hamkorlik qilgan Smith uchun bu lyuks segmentidagi ilk tajribaga aylanadi. Louboutin so‘zlariga ko‘ra, bu uning shaxsiy tanlovi bo‘lgan: "Men Jadenning texnik detallar emas, balki tasvirlar orqali fikrlaydigan inson ekanligini tez angladim. U o‘z qarashlarini kampaniyalar, suratlar va o‘zini qiziqtirgan mavzular orqali ifodalaydi".